Yandex Go

Mobil qurilmalar uchun “Yandex Go” dasturidan foydalanish uchun litsenziya kelishuvi

Dasturdan foydalanishdan oldin quyidagi litsenziya kelishuvining shartlari bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Dasturdan har qanday foydalanish Sizning ushbu litsenziya kelishuvi shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilganingizni bildiradi.

Agar siz litsenziya kelishuvi shartlarini to‘liq qabul qilmasangiz, u holda Siz dasturdan biron-bir maqsadda foydalanish huquqiga ega emassiz.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Litsenziya kelishuvi (“Litsenziya”) mobil qurilmalar uchun (“Dastur”) Yandex Go dasturidan (mobil ilova) foydalanish shartlarini belgilaydi hamda Dasturdan foydalanuvchi har qanday shaxs (“Foydalanuvchi”) va “YandexGo UB” MChJ (“Huquq egasi”) o‘rtasida tuzilgan.

1.2. Dasturdan nusxa ko‘chirish, uni mobil qurilmaga o‘rnatish yoki Dasturdan har qanday tarzda foydalanish orqali Foydalanuvchi Litsenziyaning barcha shartlariga to‘liq va so‘zsiz roziligini ifodalaydi.

1.3. Dasturdan faqat ushbu Litsenziya shartlariga muvofiq foydalanishga ruxsat beriladi. Agar Foydalanuvchi Litsenziya shartlarini to‘liq qabul qilmasa, Foydalanuvchi Dasturdan biron-bir maqsadda foydalanishga huquqiga ega bo‘lmaydi. Litsenziyaning har qanday shartlarini buzgan holda (bajarmagan holda) Dasturdan Foydalanish taqiqlanadi.

1.4. Foydalanuvchining Dasturdan ushbu Litsenziya shartlariga muvofiq shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanishi bepul amalga oshiriladi. Dasturdan ushbu Litsenziyada ko‘zda tutilmagan shartlar va usullar bilan foydalanish faqat Huquq egasi bilan alohida kelishuv asosida mumkin bo‘ladi.

1.5. Dasturdan foydalanish orqali Siz quyidagi hujjatlar ushbu Dasturga Litsenziyaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanishiga rozilik bildirasiz:

Ko‘rsatilgan hujjatlar (shu jumladan ularning har qanday qismlari) Huquq egasi tomonidan hech qanday maxsus xabar bermasdan o‘zgartirilishi mumkin. Hujjatlarning yangi tahrirlari, agar hujjat tahririning o‘zida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular chop etilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

2. Dasturga bo‘lgan huquqlar

2.1. Dasturni O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish huquqi Huquq egasiga tegishli.

3. Litsenziya

3.1. Huquq egasi oddiy (istisnosiz) litsenziya shartlarida Foydalanuvchiga Dasturdan butun dunyo mamlakatlarida quyidagi usullar bilan foydalanish uchun o‘tkazilmaydigan huquqni bepul beradi:

3.1.1. Dasturdan belgilangan maqsadda foydalanish, shu maqsadda Foydalanuvchining mobil qurilmasi(lar)iga undan nusxa ko‘chirish va o‘rnatish (takror o‘rnatish). Foydalanuvchi Dasturni cheklanmagan miqdordagi mobil qurilmalarga o‘rnatish huquqiga ega;

3.1.2. Dasturni notijorat maqsadlarda takror o‘rnatish va tarqatish (bepul).

3.2. Dastur Yandex.Go nomi ostida ishlatilishi (shu jumladan tarqatilishi) kerak. Foydalanuvchi Dastur nomini, mualliflik huquqini muhofaza qilish belgisini yoki Huquq egasini ko‘rsatuvchi boshqa alomatlarni o‘zgartirish va (yoki) o‘chirish huquqiga ega emas.

4. Cheklovlar

4.1. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturda foydalaniladigan algoritmlarning amalga oshirilishi haqida axborot olish maqsadida Dasturning obyekt kodini o‘zgartirish, dekompilyatsiya qilish, assemblerini o‘zgartirish, shifrini ochish yoki boshqa harakatlarni amalga oshirish, Dasturdan foydalanib hosila asarlar yaratish, shuningdek, Dasturdan, Dasturning har qanday tarkibiy qismlari, Dastur tomonidan Foydalanuvchining mobil qurilmasida saqlanadigan xaritalar va boshqa tasvirlar hamda boshqa ma’lumotlardan boshqacha foydalanishni amalga oshirish (amalga oshirish uchun ruxsat berish) huquqiga ega emas, ushbu Litsenziyada to‘g‘ridan- to‘g‘ri nazarda tutilgan hajmda va usullar bilan foydalanish bundan mustasno.

4.2. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni tijorat maqsadlarida (shu jumladan haq evaziga), shu jumladan dasturiy mahsulotlar to‘plamining bir qismi sifatida takror o‘rnatish va tarqatish huquqiga ega emas.

4.3 Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni uni olganidan farqli shaklda tarqatish huquqiga ega emas.

5. Maxsus qoidalar

5.1. Dasturning ba’zi funksiyalari faqat Internetga kirish imkoni bo‘lganda bajarilishi mumkin. Foydalanuvchi o‘z aloqa operatori yoki Internetga kirish provayderining shartlarida va tariflari bo‘yicha bunday kirishni mustaqil ravishda oladi va to‘laydi.

5.2. Dastur Foydalanuvchiga yo‘lovchilar va bagajlarni tashish bo‘yicha xizmatlarga bo‘lgan Foydalanuvchining potensial talabi to‘g‘risidagi axborotni bepul joylashtirish imkoniyatini, shuningdek, ushbu sohada xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning takliflari haqidagi axborot bilan tanishishni amalga oshirish va Foydalanuvchi tomonidan belgilangan parametrlarga muvofiq bunday takliflarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi.

5.3. Dastur doirasida Foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan axborot (keyingi o‘rinlarda “Ma’lumotlar”) Huquq egasining hamkorlari tomonidan taqdim etiladi. Taklif etilayotgan xizmatlar (Taxi avtomobilida Wi-Fi ulanish nuqtasining borligi, Huquq egasining hamkorlari tomonidan Taxi avtomobilida foto/video suratga olish yoki boshqa ma’lumotlarni qo‘shganda) haqida batafsil axborot olish uchun Foydalanuvchi Huquq egasining hamkorlariga murojaat qilishi yoki Dasturning funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda Huquq egasining hamkorlari Foydalanuvchi bilan mustaqil ravishda bog‘lanish va unga taklif qilinadigan xizmatlar haqida ma’lumot berish uchun foydalanishlari mumkin bo‘lgan o‘z aloqa ma’lumotni ularga taqim etishi mumkin.

5.4. Huquq egasi hamkorlar tomonidan taqdim etiladigan axborotning mazmuni va (yoki) dolzarbligi, shu jumladan hamkorlar xizmatlarining narxi, shuningdek ularning ayni paytda mavjudligi to‘g‘risidagi axborot uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.5. Foydalanuvchining xizmatlarni sotib olish bo‘yicha Hamkorlar bilan o‘zaro aloqasi Foydalanuvchi tomonidan hamkorlarda qabul qilingan xizmatlarni taqdim etish qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda (Huquq egasi ishtirokisiz) amalga oshiriladi. Huquq egasi Foydalanuvchi va hamkorlar tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va boshqa har qanday operatsiyalar uchun, shuningdek, Foydalanuvchining hamkorlar xizmatlarini sotib olishining har qanday oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.6. Foydalanuvchi Huquq egasi foydalanuvchining shaxsiy axborotini (shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni) qayta ishlashi, Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini Huquq egasining hamkorlariga taqdim etishiga, shuningdek, Huquq egasining hamkorlari Foydalanuvchiga Dastur doirasida xizmatlar ko‘rsatish uchun shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashiga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi Dasturdan foydalanganda uning shaxsiy axboroti “Yandex.Taxi” MChJga (Rossiya, 119021, Moskva, Lev Tolstoy ko‘chasi, 16) va “YANDEX” MChJga quyidagi havola bo‘yicha mavjud “YANDEX” MChJ Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan shartlar va maqsadlarda qayta ishlash uchun uzatiladi: https://yandex.com/legal/confidential.

5.7. Foydalanuvchi ushbu bilan Dastur Dasturdan foydalanish to‘g‘risida egasizlantirilgan statistik ma’lumotlarni to‘plashi va ushbu ma’lumotlarni avtomatik ravishda Huquq egasiga uzatishi mumkinligi haqida xabardor qilinadi, tushunadi va bunda roziligini bildiradi.

5.8. Ro‘yxatdan o‘tish va Dasturdan foydalanish uchun Foydalanuvchining mobil telefon raqami ko‘rsatilishi zarur. Foydalanuvchi Dasturni Foydalanuvchining mobil qurilmasi xotirasidan o‘chirib tashlaganida, Dasturda Foydalanuvchining mobil telefon raqami va Dastur ilovasidan foydalangan holda avtorizatsiya qilish vaqtida Yandex.Taxi tomonidan olingan Foydalanuvchining shaxsiy axboroti Servisda 1 (bir) yil muddat davomida saqlanadi. Dasturni qurilmaga qayta o‘rnatish va identifikator sifatida aynan bitta mobil telefon raqamidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan mobil telefon raqamidan foydalangan holda taqdim etilgan Foydalanuvchining shaxsiy axboroti to‘liq tiklanadi.

5.9. Shubhaga yo‘l qo‘ymaslik uchun Yandex.Taxi yo‘lovchilar va bagajlarni tashish bo‘yicha xizmatlarni yoki axborot-dispetcherlik xizmati xizmatlarini ko‘rsatmaydi.

6. Litsenziya bo‘yicha javobgarlik

6.1. Dastur “qanday bo‘lsa shunday” shartlarida taqdim etiladi. Huquq egasi Dasturning yoki uning alohida komponentlari va (yoki) funksiyalarining xatosiz va uzluksiz ishlashi, Dasturning Foydalanuvchining muayyan maqsadlariga muvofiqligi bo‘yicha hech qanday kafolatlar bermaydi, Ma’lumotlarning ishonchliligi, aniqligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida bo‘lishini kafolatlamaydi, shuningdek ushbu Litsenziyada to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rsatilmagan hech qanday kafolatlarni bermaydi.

6.2. Huquq egasi Dasturdan (shu jumladan Ma’lumotlardan) foydalanish yoki foydalana olmaslikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita oqibatlari va (yoki) Foydalanuvchiga va (yoki) uchinchi shaxslarga har qanday foydalanish, foydalanmaslik yoki Dasturdan (shu jumladan, Ma’lumotlardan) yoki uning alohida komponentlari va (yoki) funksiyalaridan foydalana olmaslik natijasida, shu jumladan Dasturning ishlashidagi mumkin bo‘lgan xatolar yoki nosozliklar tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi, qonun hujjatlarida to‘g‘ridan- to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

6.3. Dastur yoki Ma’lumotlardan foydalanish/foydalanish mumkin emasligi, shuningdek, Dastur yoki Ma’lumotlarning qonun hujjatlari va (yoki) uchinchi shaxslarning huquqlarini buzish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollar va shikoyatlar support@taxi.yandex.com elektron pochta manziliga qayta aloqa shakli orqali yuborilishi kerak.

6.4. Ushbu Litsenziya va Dasturdan foydalanish bilan bog‘liq barcha o‘zaro munosabatlar Niderlandiya qonunlari bilan tartibga solinadi.

7. Dasturning yangilanishlari / yangi versiyalari

7.1. Ushbu Litsenziyaning amal qilishi Dasturning barcha keyingi yangilanishlari/yangi versiyalariga nisbatan qo‘llanadi. Dasturning yangilanishini/yangi versiyasini o‘rnatishga rozilik bildirgan holda, Foydalanuvchi dasturning tegishli yangilanishlari/yangi versiyalari uchun ushbu Litsenziya shartlarini, agar Dasturning yangilanishi/yangi versiyasi boshqa Litsenziya kelishuvi bilan tartibga solinmasa, qabul qiladi.

8. Ushbu Litsenziya shartlariga o‘zgartirishlar

8.1. Ushbu litsenziya kelishuvi Huquq egasi tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchiga ushbu Litsenziya shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi xabar quyidagi manzil bo‘yicha joylashtiriladi: https://yandex.com/legal/yandexgo_mobile_agreement. Litsenziya kelishuvi shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, agar tegishli nashrda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular Chop etilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

9. Huquq egasining rekvizitlari

Firma nomi: “YandexGo UB” MChJ

Joylashgan yeri: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Amir Temur ko‘ch., 88A

Ro‘yxat raqami: 1123972

Biz bilan bog‘lanish uchun Yandex Go funksionalidan foydalanishni so‘raymiz.

Yangi tahrirning kuchga kirish sanasi: 11.12.2024