Yandex Pro maxfiylik eslatmasi

Bu amal qilish muddati tugagan hujjatning eski versiyasidir. Amalda bo'lgan versiya quyidagi manzilga joylashtirilgan: https://yandexgo.com/legal/yandexpro_privacy_notice/uz/.

Yandex Pro – xalqaro xaytek kompaniya tomonidan yaratilgan mobil va veb ilova (“ilova” atamasi keyingi oʻrinlarda ikkalasi uchun ishlatiladi).

Ilovamiz Yandex Go va Yandex Eats mobil va veb ilovalari foydalanuvchilaridan (“mijozlar”) tashish va yetkazish xizmatlariga oid buyurtmalarni qabul qilish imkonini beradi.

1. BU MAXFIYLIK ESLATMASI NIMA UCHUN?

Biz maxfiyligigizni himoya qilishga sodiqmiz hamda faoliyatimiz va shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash usullarimiz haqida shaffof boʻlishni xohlaymiz.

Shu sababdan, bu Maxfiylik eslatmasining maqsadi sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday va nima uchun qayta ishlashimiz haqida sizga maʼlumot berish hisoblanadi.

2. SHAXSIY MAʼLUMOTLARINGIZNI KIM QAYTA ISHLAYDI?

2.1 Shaxsiy maʼlumotlaringiz mamlakatingizda xizmat koʻrsatuvchi kompaniya tomonidan qayta ishlanadi.

Mazkur kompaniyalar amaldagi maxfiylikka oid qonunlarga muvofiq “maʼlumotlar nazoratchisi” sifatida ishlaydi va shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari va vositalarini belgilaydi.

Brend

Mamlakat

Kompaniya

Manzil

Yandex Pro

Gruziya

Ridetech Georgia LLC

Merab Aleksidze koʻchasi, 13, Apt 59, Tbilisi, Gruziya

Moldova

Ridetech S.R.L.

Stefan sel Mare si Sfant bulvari 65, 806-ofis, Kishinyov shahri, Moldova Respublikasi

Qirgʻiziston Respublikasi

Yandex.Taxi Corp LLС

Erkindik bulvari 58A, 720040, Bishkek, Qirgʻiziston Respublikasi

Serbiya

Ridetech RS LLC Belgrade

Bulevar vojvode Bojovića 4g, Stari Grad, Belgrade, Serbia

Oʻzbekiston

YandexGo UB MCHJ

Shahrizabz koʻchasi 2, Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi

Armaniston

Ridetech AM LLC

Moskovyan, 35, Yerevan, Armaniston

Qozogʻiston

Yandex.Taxi Corp LLP

Nursultan Nazarboyev avenyusi 100/4, 105-ofis, Almati 050000, Qozogʻiston Respublikasi

Turkiya

YE Bilgi Teknolojileri Danışmanlık Limited Şirketi

Halaskargazi Mahallesi, Halaskargazi Cd. No: 38-66 /215 Şişli İstanbul, Türkiye

2.2 Bizning ilovalarimiz yagona autentifikatsiya vositasidan foydalanadi. Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng, ilovalarimizdan biz ularni tarqatadigan istalgan mamlakatda foydalanishingiz mumkin. Agar siz biz tarqatadigan boshqa ilovalardan foydalanishni tanlamasangiz, shaxsiy maʼlumotlaringiz bu ilovalarga taqdim etilmaydi.

3. QAYSI SHAXSIY MAʼLUMOTLAR QANDAY VA NEGA QAYTA ISHLANADI?

Biz qayta ishlaydigan shaxsiy maʼlumotlarning toifalari, ushbu maʼlumotlarning manbasi, qayta ishlashning maqsadlari va huquqiy asoslari quyidagilardan iborat:

Manba

Maʼlumotlarning toifalari

Maqsadlar

Huquqiy asos

Siz bizga taqdim etasiz

Telefon raqami, toʻliq ism, haydovchilik guvohnomasi yoki milliy ID maʼlumotlari, yashash mamlakati yoki shahri, fuqarolik, email, tugʻilgan sana

Hisobni roʻyxatga olish, registratsiya jarayonida siz bilan muloqot qilish, sizni ilovada foydalanuvchi sifatida aniqlash va avtorizatsiya qilish uchun

Sizning haqingizni oʻtkazish uchun

Shartnoma*

Telefon raqami, toʻliq ism, haydovchi sifatidagi xizmat davri, avtomobil modeli va davlat raqam belgisi, surat

Haydovchi va avtomobil maʼlumotlarini mijozlarga uzatish uchun

Shartnoma*

Referal kodi

Referal dasturda sizning shaxsingizni aniqlash uchun (ixtiyoriy)

Shartnoma*

Toʻliq ism, telefon raqami, email, ijtimoiy himoya raqami yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (ixtiyoriy), milliy ID karta raqami (ayrim mamlakatlar uchun ixtiyoriy), tugʻilgan sana, tugʻilgan joy, fuqarolik, haydovchilik guvohnomasi maʼlumotlari (ayrim mamlakatlar uchun ixtiyoriy), taksi haydovchisi ruxsatnomasi (agar mamlakatda mavjud boʻlsa)

Ilovamizda e-karta yaratish uchun

Shartnoma*

Haydovchilik guvohnomangiz yoki milliy ID kartangiz fotonusxasi yoki

haydovchilik guvohnomangiz yoki ID karta (ixtiyoriy) bilan tushgan suratingiz

Transport vositasini haydash huquqingizni tekshirish va maʼlumotlaringizni tasdiqlash uchun

Qonuniy majburiyatga muvofiqlik

Selfi surat, milliy ID surati,

sizning milliy ID kartangiz (ayrim mamlakatlar uchun ixtiyoriy) tushgan suratingiz

Buyurtmalarga kirish imkoniyatini taqdim etishdan oldin haydovchini tekshirish uchun

i) Shartnoma*

ii) Mijoz xavfsizligini taʼminlash uchun bizning qonuniy manfaatimiz

(xizmat koʻrsatilayotgan mamlakatdagi qoidalarga va xavfsizlik rejimi qarab)

Bank maʼlumotlari

Sizning haqingizni toʻlash uchun

Shartnoma*

Sizning rasmingiz va ovoz yozuvingiz

Shaxsingiz tekshirish, shaxsingizni mijozga tanitish va mojaro holatida tergov va ziddiyatlarni hal etish maqsadida transport vositasidagi voqelikni yozib olish uchun****

i) Rozilik**

ii) Siz va mijoz xavfsizligini taʼminlash uchun bizning qonuniy manfaatimiz

iiii) haydovchining hayotiy manfaatlari

iv) Ijtimoiy manfaat

(xizmat koʻrsatilayotgan mamlakatdagi qoidalarga va xavfsizlik rejimi qarab)

Email manzili, telefon raqami

i) Buyurtmalaringiz haqida xizmat maʼlumotlarini yuborish, ilovalarimiz bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun

ii) Sizga bizning mahsulotlarimiz va takliflarimiz hamda hamkorlarimiz haqida maʼlumot berish, marketing tanlovlarida yoki boshqa tadbirlarda ishtirok etishingizni tashkil qilish uchun.

i) Shartnoma*

ii) Rozilik**

Toʻldirish shakllaridagi maʼlumotlar: ism, telefon raqami, elektron pochta manzili, foydalanuvchi xabari yoki fikr-mulohazasi

i) Sizning fikr-mulohazangizni olish uchun

ii) Mijozlarga xizmatga oid soʻrovingizni amalga oshirish uchun

i) Fikr-mulohazalarni olish va ushbu fikr-mulohazalar asosida xizmatimizni yaxshilashdan qonuniy manfaatdorlik

ii) Shartnoma*

Soliq identifikatori, to'lovlar miqdori, ismi, tug'ilgan sanasi, tug'ilgan joyi, fuqaroligi va boshqalar

Qonuniy majburiyatlarimiz va hamkorlarimizning qonuniy majburiyatlariga rioya qilish

i) Bizning qonuniy manfaatlarimiz

ii) Qonuniy talablar

(xizmat ko'rsatilayotgan mamlakatdagi qoidalarga muvofiq)

Qurilmangiz va ilovalarimizdan olingan

IP manzil, qurilma identifikatori, qurilma turi va modeli, mobil operatsion tizim, brauzer yoki mobil ilova tafsilotlari

Hisobingizga va IT-tizimlarimizga xavfsiz kirish uchun

Tizimlarimiz va foydalanuvchilarimiz maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlashda qonuniy manfaatdorlik

Reklama identifikatori

Maqsadli reklamalarni sozlash uchun

Rozilik**

Sizning avtomobil haydash odatingiz, avtomobil boshqarish paytida qurilma ogʻishlari

Sizning avtomobil haydash odatingiz, tezlik cheklovlariga amal qilishingizni nazorat qilish, xavfsizlikni taʼminlash

i) Shartnoma*

ii) xavfsizlikni taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish uchun bizning qonuniy manfaatimiz

iii) jamoat manfaati

(xizmat koʻrsatilayotgan mamlakatdagi qoidalarga va xavfsizlik rejimi qarab)

Ilovalarimizdan foydalangan vaqtingizda yaratilgan

Foydalanuvchi identifikatori, buyurtmalar oraliq vaqti, buyurtmani bajarish uchun ketadigan vaqt, ilovalardan foydalanilganda koʻrilgan ekranlar soni, oʻrtacha buyurtma qiymati

i) Ilovani va foydalanuvchi taassurotini yaxshilash, tegishli xususiyatlarni taqdim etish, ilovalar interfeyslarini oʻzgartirish

ii) Marketing maqsadlarida foydalanuvchi faoliyatini tahlil qilish, marketing va biznes strategiyamizni yaxshilash uchun

iii) Tanlovlarida yoki boshqa tadbirlarda ishtirok etishingizni tashkil qilish uchun

i) Ilova, foydalanuvchi taassuroti va xizmatimizni yaxshilashda qonuniy manfaatdorlik

ii) Marketing tadqiqotlarini oʻtkazishda qonuniy manfaatdorlik

iii) Rozilik**

Siz qabul qilgan buyurtmalar tafsilotlari: buyurtma sanasi va vaqti, qabul qilish punkti, belgilangan manzil, marshrut, narx, toʻlov usuli, avtomobil modeli va davlat raqami, haydovchining ismi, tashuvchining maʼlumotlari

Sizga buyurtmalaringiz tarixini taqdim etish va ilovalarimiz bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun

Shartnoma*

Siz yordam xizmati jamoasiga taqdim etasiz

Buyurtma tafsilotlari va tarixi, aloqa maʼlumotlari, sharhlar, qoʻshimchalar, oʻzingizning xohishingiz bilan koʻrsatgan yoki yordam xizmati jamoasi oʻz xohishiga koʻra so'ragan boshqa maʼlumotlar

Sizga yordam berish va ilovalarimiz bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda yordam berish uchun

Shartnoma*

Yordam xizmati jamoamiz bilan ilovalar orqali muloqot qilganingizda hosil qilinadi

Suhbatlarning yozuvlari, ilovalar ichida yoki boshqa vositalar orqali muloqotlaringiz va siz taqdim etgan yoki ilovalarimiz tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar

Bizning qonuniy huquqlarimiz va uchinchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish, nizolar va qonuniy daʼvolarni hal qilish, koʻrsatilayotgan xizmat sifatini nazorat qilish uchun

Huquqlarimizni himoya qilish, nizolarni hal qilish va xizmatlarimiz sifatini nazorat qilishda qonuniy manfaatdorlik

* Shaxsiy maʼlumotlar siz hisobingizni yaratish va tegishli xizmatlardan foydalanish asnosida qabul qilgan Yandex Pro Litsenziya kelishuvi va Pro foydalanuvchisi karta xizmatining Foydalanish shartlari orqali belgilangan shartnoma asosida qayta ishlanadi (quyidagi manzil orqali tanishing: https://yandex.ru/legal/drivers_termsofuse/).

** Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashning har qanday turiga roziligingizni soʻraganimizda, biz sizga toʻplangan maʼlumotlar va maʼlumotlarni toʻplash maqsadi haqida xabar beramiz. Siz bunday rozilikni berishdan bosh tortishingiz mumkin va bu bizning ilovalarimizdan foydalanish imkoniyatingizga taʼsir qilmaydi. Istalgan vaqtda biz bilan bogʻlanish orqali roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin.

*** Biz xizmat koʻrsatadigan yoki tegishli maʼlumotlar nazoratchisi oʻrnatilgan mamlakat qonunchiligi bizga muayyan qonuniy majburiyatlarni yuklashi mumkin. Ushbu qonunchilikka rioya qilish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimiz kerak. Biz shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi davlat qonunlari asosida emas, balki faqat sizning mamlakatingiz (siz xizmatimizdan foydalanayotgan mamlakat) va/yoki xizmat koʻrsatuvchi tashkilotimiz roʻyxatdan oʻtgan davlat qonunlariga (agar bu sizning mamlakatingizdan farq qilsa) asosan qayta ishlaymiz.

**** Avtotransportda audio va video yozib olish favqulodda xususiyatdir va u faqat Yandex Go Foydalanish shartlariga muvofiq, tahdid, ziddiyat yoki xavf kabi istisno holatlarda haydovchi Ziddiyat tugmasini faollashtirganda foydalaniladi. Nizolarni hal qilish va xavfsizlik maqsadida yozish boshlanishidan oldin foydalanuvchi ham, haydovchi ham xabardor qilinadi.

4. BIZ SIZNING SHAXSIY MAʼLUMOTLARINGIZNI KIMGA TAQDIM QILAMIZ YOKI UZATAMIZ?

4.1 Shaxsiy maʼlumotlaringizni qabul qiluvchilar

Shaxsiy maʼlumotlaringiz faqat quyidagi tomonlarga beriladi:

i) Ilova ichidagi xizmatlarni taqdim etishda bevosita ishtirok etuvchi:

  • Buyurtmani olish va bajarish bilan shugʻullanadigan va xuddi shu maqsadda dasturiy yechimlarni taqdim etadigan hamkorlarimiz;
  • Elektron tranzaksiyalarni osonlashtiradigan toʻlov xizmatlari provayderlari va mobil pul xizmati provayderlari;
  • Sugʻurta kompaniyalari;
  • Bizga elektron toʻlov funksiyalarini taqdim etuvchi hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish va mijozingizni bilish (know-your-customer) tekshiruvini amalga oshiradigan hamkorlarimiz;
  • Mamlakatingiz uchun tegishli boʻlsa, bizning foydalanuvchilarga virtual bank kartalarini chiqaradigan hamkorlarimiz;
  • Agar sizning mamlakatingizga tegishli boʻlsa, kreditlar beradigan mikromoliya tashkilotlari;
  • Agar sizning mamlakatingizga aloqador boʻlsa, hamkorlarimiz avtomobillarni ijaraga berishadi;
  • Agar sizning mamlakatingizga aloqador boʻlsa, hamkorlarimiz anketa maʼlumotlarini tekshirishadi;
  • Autentifikatsiya vositalarini taqdim etadigan filiallarimiz;
  • Bizni serverlar, maʼlumotlarni saqlash va boshqa infratuzilma obyektlari bilan taʼminlaydigan filiallarimiz va uchinchi tomonlar; va
  • Filiallarimiz va mijozlarga yordam xizmatida bizga yordam beradigan uchinchi tomonlar.

Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashda ishtirok etishi mumkin boʻlgan tashkilotlar quyidagi sahifada keltirilgan: https://yandex.com/legal/affiliates/. Roʻyxatda keltirilgan barcha obyektlar maʼlumotlaringizni qayta ishlashda ishtirok etishi shart emas, chunki ularning ishtiroki siz foydalanadigan xizmatga va undan foydalanadigan mamlakatga bogʻliq. Mamlakatingizning maxfiylikka oid qonunlarini buzgan holda biz shaxsiy maʼlumotlarni kompaniyalarimizga taqdim etmaymiz.

ii) Amaldagi qonunga muvofiq, tegishli maʼlumotlar nazoratchisi quyidagi hollarda shaxsiy maʼlumotlaringizni olish huquqiga ega boʻladi:

  • Masalan, agar huquqni muhofaza qiluvchi organlar sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga kirish uchun qonuniy huquqqa ega boʻlsa yoki moliyaviy regulyatorlarga shubhali harakatlar yoki tranzaksiyalarni tekshirish huquqi berilganda (mamlakatingiz va/yoki sizga xizmat koʻrsatayotgan bizning tashkilot roʻyxatdan oʻtgan mamlakatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq). Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni amaldagi maxfiylikka oid qonunga zid ravishda davlat organlariga taqdim qilmaymiz.

iii) Ilovamizni yaxshilashga yordam berish:

  • Masalan, xizmatlarimizdan foydalanishda yuzaga kelgan texnik xatolar haqidagi maʼlumotlar ilovalarimizni ishlab chiqishda ishtirok etayotgan filiallarimizga taqdim qilinadi.

iv) Sizga mahsulotlar, xizmatlar va takliflar haqida maʼlumot berishimizga yordam berish:

  • Masalan, reklama yoki qurilma identifikatorlari bizga reklama yoki tahlil xizmatlarini taqdim etadigan kompaniyalarga taqdim qilinishi mumkin.

4.2 Shaxsiy maʼlumotlaringizni xalqaro uzatish

Shaxsiy maʼlumotlaringiz taqdim etiladigan tomonlar turli mamlakatlarda joylashgan boʻlishi mumkin.

Ushbu mamlakatlarning baʼzilari siz xizmatdan foydalanadigan mamlakat kabi maʼlumotlar muhofazasi yoki maʼlumotlar subyekti huquqlarini bir xil darajada taʼminlamasligi mumkin. Bunday hollarda biz sizning huquqlaringiz hurmat qilinishini va oʻtkazish vaqtida va keyin shaxsiy maʼlumotlaringiz himoya qilinishini taʼminlash uchun zarur tartib-qoidalarga rioya qilamiz.

Bunday tartiblar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin (maxfiylik toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlarga muvofiq):

i) Tegishli organlar tomonidan chiqarilgan maʼlumotlarni uzatish boʻyicha standart shartnoma shartlariga asoslangan maʼlumotlarni himoya qilishga doir kelishuvlar boʻyicha majburiyatlar;

ii) Sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz uzatiladigan va qayta ishlanadigan mamlakatning mahalliy qonunini baholashimiz asosida qoʻshimcha shartnoma majburiyatlari;

iii) Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha vakolatli organdan uzatishni roʻyxatdan oʻtkazish yoki ruxsat olish; va/yoki

iv) Noqonuniy, yaʼni biz xizmat koʻrsatadigan mamlakat qonunlariga mos kelmaydigan yoki shaxsiy maʼlumotlaringizga ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun qoʻshimcha texnik va tashkiliy xavfsizlik choralari.

Biz doimo faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning maxfiylikka oid qonunlariga, jumladan, xalqaro maʼlumotlarni uzatish talablari va cheklovlariga rioya qilamiz.

5. SHAXSIY MAʼLUMOTLARNI SAQLASH MUDDATLARI QANDAY?

Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash maqsadiga erishilgunga qadar qayta ishlaymiz.

5.2 Haqiqiy saqlash muddati qayta ishlangan shaxsiy maʼlumotlarga va qayta ishlash amalga oshirilayotgan mamlakatga bogʻliq. Masalan, mijozlarga yordam xizmatida, haydovchilar yoki kuryerlar bilan telefon suhbatlari yozuvlari odatda 3 oydan koʻp boʻlmagan muddatda saqlanadi.

5.3 Agar maʼlumotlarni qayta ishlash qonun tomonidan talab etilsa yoki bizning huquq va manfaatlarimiz yoki uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xususan, sud jarayonlari uchun zarur boʻlsa, biz shaxsiy maʼlumotlaringizni, hatto uni ilovadan oʻchirib tashlaganingizdan keyin ham qayta ishlashni davom ettirishimiz mumkin.

Maʼlumotlarni oʻchirish qobiliyati soʻz va axborot erkinligi bilan bogʻliq qonunlar bilan ham cheklanishi mumkin.

6. QANDAY HUQUQLARINGIZ MAVJUD?

Maxfiylik toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha siz bir qator huquqlarga egasiz. Siz uchun mavjud boʻlgan huquqlar sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash sababiga va amaldagi qonunlarga bogʻliq.

Autentifikatsiya vositasi yordamida ilovaga kirganingizdan so‘ng har doim shaxsiy ma’lumotlaringizga o‘zingiz kirishingiz, tuzatishingiz yoki o‘chirishingiz mumkin.

Ilovalarimiz orqali mijozlarni qo‘llab-quvvatlash jamoamiz bilan bog‘lanish orqali siz quyidagi huquqlardan foydalanishingiz mumkin:

6.1 Kirish huquqi

Siz har doim shaxsiy maʼlumotlaringizga kirishingiz mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringiz nusxasini talab qilish huquqiga egasiz.

6.2 Tuzatish huquqi

Siz bizdan xato, notoʻgʻri yoki eskirgan deb hisoblagan maʼlumotlarni yangilash yoki tuzatishni soʻrash huquqiga egasiz. Shuningdek, siz bizdan toʻliq emas deb hisoblagan har qanday maʼlumotni toʻldirishimizni soʻrash huquqiga egasiz.

6.3 Rozilikni qaytarib olish huquqi

Agar qayta ishlash sizning roziligingizga asoslansa, shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashga roziligingizni qaytarib olish huquqiga egasiz.

6.4 Oʻchirish huquqi

Agar maʼlumotlar bizning maqsadlarimiz uchun boshqa kerak boʻlmasa, maʼlumotlaringizni qonuniy asossiz yoki boshqa noqonuniy tarzda qayta ishlasak, roziligingizdan qaytgan boʻlsangiz (agar qayta ishlash sizning roziligingiz asosida amalga oshirilgan boʻlsa), agar biz ma'lumotlaringizni bolaligingizda to'plagan bo'lsak yoki amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa holatlarda siz bizdan shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻchirib tashlashimizni soʻrashga haqlisiz.

6.5 Qayta ishlashni cheklash huquqi

Muayyan sharoitlarda shaxsiy maʼlumotlaringizga ishlov berishni cheklash huquqiga egasiz. Masalan, agar siz tuzatish huquqidan foydalanmoqchi boʻlsangiz, ma'lumotlaringiz tuzatilgunga qadar qayta ishlashni cheklashimizni soʻrashingiz mumkin.

6.6 Maʼlumotlarni koʻchirish huquqi

Agar shaxsiy maʼlumotlaringiz roziligingiz yoki biz bilan tuzilgan shartnoma asosida avtomatlashtirilgan vositalar bilan qayta ishlansa (masalan, sizga ilovaning xususiyatlarini taqdim etish uchun), siz maʼlumotlaringizni tuzilmali, umumiy ishlatiladigan va avtomatik oʻqish mumkin boʻlgan formatda olishga huquqingiz bor.

6.7 Eʼtiroz bildirish huquqi

Shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash huquqlaringizni buzadi deb hisoblasangiz, unga eʼtiroz bildirish huquqiga egasiz. Eʼtiroz bildirish huquqi faqat maʼlumotlaringizni qonuniy manfaatlar yoki jamoat manfaatlari asosida qayta ishlayotganimizdagina amalga oshirilishi mumkinligini unutmang.

Siz butunlay avtomatlashtirilgan qayta ishlash, jumladan, profillash asosida qaror qabul qilish subyekti boʻlmaslik huquqiga egasiz. Biz butunlay avtomatlashtirilgan qayta ishlash, jumladan, profillash asosida qaror qabul qilmaymiz.

6.8 Shikoyat berish huquqi

Biz shikoyat va takliflaringizni koʻrib chiqishga doimo tayyormiz. Ularni mijozlarga yordam xizmati jamoamizga yuboring.

Huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, tegishli nazorat organiga ham shikoyat qilishingiz mumkin.

Tegishli nazorat organlari roʻyxati va ularning aloqa maʼlumotlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin (https://yango.com/legal/yango_list_of_sa/).

7. BIZ BILAN QANDAY BOGʻLANISH MUMKIN?

7.1 Tizimga kirganingizdan soʻng mobil ilova orqali mijozlarni qoʻllab-quvvatlash jamoamizga murojaat qilishingiz mumkin.

7.2 Maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha mutaxassisimiz bilan quyidagi elektron pochta orqali bogʻlanishingiz mumkin: dpo-yt@yango.com. Ilovamizda roʻyxatdan oʻtish vaqtida foydalangan telefon raqamingizni kiriting, bu sizni tezda aniqlashimizga yordam beradi.

8. BU HUJJAT QANDAY OʻZGARTIRILADI?

Ushbu Maxfiylik eslatmasiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, biz sizni xabardor qilish uchun har qanday mavjud vositalardan (ilovadagi “push” bildirishnomalar, SMS yoki elektron pochta) foydalanishimiz mumkin.

Bu, masalan, qayta ishlanadigan shaxsiy maʼlumotlarning yangi toifalarini yoki maʼlumotlar qayta ishlanadigan yangi maqsadlarni qoʻshsak, shunday boʻladi. Bunday oʻzgarishlar kuchga kirishidan oldin sizga xabar beriladi.

Eʼlon qilingan sana: 25.06.2025

Oldingi versiyasi: https://yandexgo.com/legal/yandexpro_privacy_notice/uz/03022025/